alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

"Korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi birgalikda kurashamiz"

16:08 24.07.2020

Mamlakatimiz Prezidentining ta’lim sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirish borasida belgilab bergan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ko‘rsatmasiga asosan Andijon davlat tibbiyot institutida «Korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi birgalikda kurashamiz » mavzusida onlayn davra suhbati o‘tkazildi.

Onlayn davra suhbatida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda 150 dan ziyod professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn tadbirni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov olib bordi.

Jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bo‘layotgan korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan davra suhbatida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mayori B.A.Yusupov, Andijon shahar Adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi A.G‘ulomjonov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyat boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i I.G‘oziboyev va Andijon shahar “Chinor” jome’ masjidi imom hatibi A.Mo‘minovlar mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.


Ma’ruzachilar korrupsion holatlarning kelib chiqishi, korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan qonunchilik hujjatlari, poraxo‘rlikning jamiyat va inson tarbiyasiga salbiy ta’siri, hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, har qanday jinoyatga jazo muqarraligi xususida faktlar asosida ma’lumotlar berib o‘tishdi.

«Korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi birgalikda kurashamiz» mavzusidagi onlayn davra suhbati ishtirokchilari ta’lim sohasini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish borasida e’tibor qaratish zarur masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!