
Bugun, 15-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari M.Musayeva, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat hududiy bo‘limi rahbari F.Ataxonov, Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida korrupsiya, uning sabablari, oldini olish chora-tadbirlari, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar aks etgan videorolik namoyish etildi.
Shundan so‘ng soha mutaxassislari tomonidan joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishidagi ishtiroki, davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha qilingan ishlarga baho berilgani, yig‘ilish doirasida mas’ullarga berilgan vazifa va topshiriqlar hamda yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shu o‘rinda, talabalar ham mavzu borasida o‘z fikrlari va takliflarini bildirdilar.