alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchaning vazifasi

13:48 19.01.2019

2019-yil 19-yanvar kuni ADTI klinikasi majlislar zalida Bosh Prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat  boshqarmasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  klinika xodimlari hamda ADTI professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Tadbirni institut rektori M.Madazimov ochib, ishtirokchilarni mehmonlar bilan tanishtirib o‘tdi. Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi katta katta inspektori Z.Jo‘raboev so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi 2752-sonli «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qarori va uning ijrosi yuzasidan  viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, u o‘z so‘zida viloyatimiz sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat olib borayotgan, Departamentning Andijon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan ayrim nopok va oq libosiga dog‘ tushirgan tibbiyot xodimlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari e’tiboriga “Korrupsiyasiz hayot” nomli videofilm namoyish etildi.Tadbir davomida Bosh Prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Andijon viloyat boshqarmasining boshlig‘i Adliya maslahatchisi Asadullo Ismoilov so‘z olib, yuqoridagi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun tibbiyot xodimlari bilan muntazam hamkorlikda ish olib borishni taklif qildi.
Dolzarb masaladagi mazkur tadbir yakunida ADTI professori Z.Salohiddinov so‘zga chiqib, soha xodimlariga minnnatdorchilik bildirdi va jamoadoshlarini o‘z kasbiga sadoqatli bo‘lib,  pok qalb va toza iymon bilan xalqqa xizmat qilishga chaqirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!