alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA SO‘ROVNOMA O‘TKAZILDI

14:21 27.11.2021

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA SO‘ROVNOMA O‘TKAZILDI

Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleaks nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan institut miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha nimalarga ahamiyat qaratish, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlarni aniqlash maqsadida talabalar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda bo‘lim rahbari S.Asqarov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov ishtirok etdi. Suhbat avvalida talabalarga Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleaks nazorat tizimini boshqarish bo‘limi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi. So‘ngra talabalarning fikrlari bilan o‘rtoqlashildi.

Shuningdek, talabalar o‘rtasida so‘rovnoma ham o‘tkazilib, ular bir qator savollarga javob berdilar. So‘rovnoma o‘tkazishdan maqsad yoshlarning korrupsion holatlarga munosabati, bunday salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarda yana nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, o‘quv jarayonlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik ko‘zda tutilgan.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!