“Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun barchamiz mas’ulmiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun barchamiz mas’ulmiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

11:55 07.02.2019

      Korrupsiya – taraqqiyot yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lib,jamiyat rivoji, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid tug‘diradigan  asosiy illatdir. Shu bois bugungi kunda yuksak marralar sari ildam borayotgan, barcha sohalarda izchil islohotlar olib borilayotgan  mamlakatimizda  bu illatga  qarshi kurashni kuchaytirish,bu boradagi  huquqiy  asoslarni  yanada  mustahkamlashga  katta e’tibor  qaratilmoqda.
Joriy  yil 7- fevral kuni  Andijon davlat tibbiyot institutida  tashkil etilgan tadbir “Korrupsiyaga  qarshi kurashish uchun barchamiz mas’ulmiz” mavzusida o‘tkazildi. Tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, marketing xizmati bo‘limi boshlig‘i A.Ziyaev, ADTI  katta yuriskonsulti T.Abduvaliev  va barcha bo‘limlarning xodimlari ishtirok etdilar.
 
Tadbirni  ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Hodjimatov ochib berdi.


Shundan so‘ng, institut xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, oliy toifali yurist Sh.Dehqonov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga  qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining   “Korrupsiyaga  qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2752-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksidagi korrupsiyaga oid moddalarning  mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi.

Shuningdek, moddalarga kiritilgan ayrim qo‘shimchalar xususida ham gapirib, institut jamoasini doimo to‘g‘ri, halol mehnat qilishga,  faoliyatlari davomida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!