alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Korrupsiyani ildizigacha quritamiz!”

10:56 14.10.2019

Korrupsiya jamiyatda sodir etiladigan ko‘plab qonunbuzilish holatlariga, jinoyatlarga asos bo‘ladi. Korrupsiya oqibatida adolatsizlikka yo‘l qo‘yiladi. Shuning uchun ham bugungi kunda poraxo‘rlik – korrupsiyaga qarshi kurashga barcha tashkilotlar, siyosiy partiyalar o‘z hissasini qo‘shishmoqda.

Andijon tumanidagi “Yoshlar madaniyat va istirohat bog‘i”da “Adolat” sotsial demokratik partiyasi tashabbusi bilan “Korrupsiyani ildizigacha quritamiz!” shiori ostida aksiya o‘tkazildi. Aksiyada “Adolat” SDPning Oliy Majlis deputalari, viloyat va Andijon tumani kengashlari faollari, Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

Korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan aksiyada so‘z olganlar karrupsiyaga asos bo‘ladigan holatlarga qarshi kurash barchamizning burchimiz ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Adolatsizlikka asos bo‘ladigan bu jinoyatni ildizigacha quritish zarurligi, korrupsiyasiz hayot farovonlik sari ravon yo‘l ekanligi xususida o‘z fikrlarni bildirdilar.


Dam olish kuni tashkil etilgan aksiya o‘yin-kulgu, sho‘h raqslarga boy bo‘ldi. ADTI yigitlarining “Andijon polkasi” barchani raqsga chorlagan bo‘lsa, institutning quvnoq va zukko yoshlaridan iborat “Ulfatlar” jamoasi korrupsiyaga qarshi kurash borasdagi o‘z takliflarni kulgili sahna ko‘rinishlari orqali ko‘rsatib berdilar.

Andijon tumani badiiy havaskorlik jamoalarining dilbar qo‘shiqlari, ohangrabo raqslari tadbir ishtirokchilarini ommaviy raqslarga chorladi.

Tadbir davomida “Adolat” SDP Andijon tumani kengashi tomonidan partiya hayoti va faoliyatiga oid qisqa savol-javob o‘tkazildi. “Adolat” SDP maqsad, vazifalari, faoliyati bo‘yicha yaxshigina bilimga ega bo‘lgan ishtirokchilar Kengashning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


“Korrupsiyani ildizigacha quritamiz!” shiori ostidagi aksiya doirasidagi musiqiy dastur kechgacha davomi etdi va aksiya barcha ishtirokchilarni korrupsiyaga qarshi kurashda birlashshishga chaqira oldi.

Odiljon Karimov,

ADTI matbuot kotibi

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!