“KORRUPSIYASIZ KELAJAK BIZ YOSHLAR QO‘LIDA” – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“KORRUPSIYASIZ KELAJAK BIZ YOSHLAR QO‘LIDA”

16:27 04.03.2025

Bugun, 4-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Korrupsiyasiz kelajak biz yoshlar qo‘lida” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, bo‘lim bosh mutaxassisi O.Yaqubova tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi korrupsiya illatining salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritdi. Uni oldini olish esa har fuqaroning burchi ekanligi ta’kidlandi.

Mutaxassislar tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tashkil etilishi va faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, bo‘lim qoshida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Talaba-yoshlar klubi” maqsad va vazifalari bilan tanishtirib o‘tildi.

Bugungi kunda mazkur klubda 20 nafar talabalar a’zo bo‘lib, tadbir davomida ular tomonidan korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chiqishlar, videoroliklar namoyish etildi. Tadbir davomida yaqinlashib kelayotgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan qatnashchilarga badiiy chiqishlar namoyish etilib, lobar ayol-qizlarga gullar taqdim etildi.

Skip to content