alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Kredit – modul tizimi boʻyicha seminar- treninglar oʻtkazilmoqda

17:34 07.01.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti Kengashlar zalida 2022- yil 7-yanvar kuni institut rahbariyati  va stomatologiya fakulteti tassarufidagi kafedra professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.Seminar-treningda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.R.Abdullajonov, stomatologiya fakulteti dekani D.SH.Tulanov. o‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi I.U. Kosimov, kafedralar xodimlari ishtirok etdilar.

Institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.R.Abdullajonov Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan 2022-yil davomida moliyaviy, akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqillik berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlaridan kelib chiqib amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi va unda belgilab berilgan vazifalar to‘g‘risida toʼxtalib o‘tdi.nstitut o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish, uning tibbiyot oliy taʼlim tizimidagi o`ziga hos hususiyatlari bo‘yicha o‘quv uslubiy boshqarma uslubchisi I.U. Kosimov taqdimot qildi. Seminar-trening qiziqarli savol-javoblar bilan o‘tdi.