alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KUBOK FARMATSIYA YOʻNALISHI TALABALARIGA NASIB ETDI

15:28 03.06.2022

Futbolsevar talaba-yoshlarimiz har bir musobaqalarda ishtiyoq bilan ishtirok etishmoqda. Ularning shiddatli oʻyinlari barchaning gʻayratini oshirmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari oʻrtasida futbol sport turi boʻyicha koʻchma kubok oʻtkazish anʼanaga aylanib ulgurdi. Bellashuvlarning final bosqichida bu gal 8 ta jamoa gʻalaba uchun toʻp surdi. Har bir jamoaning oʻyinlari oʻziga xos, takrorlanmas natijalarga boy boʻldi.

Musobaqa yakuni boʻyicha 3 ta jamoa yuqori hisobda gʻolib boʻldi. 1-oʻrin Farmatsiya yoʻnalishining 305-guruh talabalariga nasib etdi va ular 8 million pul mukofoti bilan, 2-oʻringa Davolash fakultetining 315-guruh talabalari sazovor boʻldilar va ular 6 million pul mukofoti bilan, 3-oʻringa esa Stomatologiya fakultetining 101-guruh talabalari erishdilar va ular esa 4 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!