Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Kuchli va qat’iyatli yigitlar bahsi

17:04 11.01.2020

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiligining  28 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Andijon shahridagi Registon maydonida kuchli va qat’iyatli harbiy yigitlar bahsi o‘tkazildi.

“Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” mavzusi ostida o‘tkazilgan “Eng kuchli odam” deb nomlangan sport musobaqasida Andijon viloyatidagi harbiy qismlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulotda vaziyatlar boshqarmalarining xizmatchilari, askar va zobitlari, hamda kuchli va qat’iyatli hoxlovchi yigitlar qatnashdilar.

Musobaqalar arqon tortish, armrestling, tosh va boshqa yuklamalarni 20 metrga ko‘tarib borish bo‘yicha o‘tkazildi.


Kuchli va qat’iyatili yigitlar bahsida Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan Dilmurod Sobirov, Doniyor Usmonovlar ham o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi.

“Eng kuchli odam” deb nomlangan sport musobaqasi juda tomoshabop bo‘lishi bilan birga Vatanimiz himoyachisi bo‘lgan yigitlarimizni  naqadar kuchli, baquvvat va qat’iyatli ekanligi ko‘rsatdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content Click to listen highlighted text!