alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Kun mavzusi: “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash”

18:18 20.02.2020

Dunyo miqyosida tarqalayotgan giyohvandlik vositalaridan ayrimlarini ikki marta iste’mol qilgan inson uchinchi bora bu vositani ihtiyorsiz ravishda, organizmning talabi bilan, giyohvandlikka ruju qo‘ygan holda iste’mol qilishga majbur bo‘lmoqda.

Bu ma’lumotni Andijon davlat tibbiyot institutida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash mavzusida  o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasi mas’ul kotibi Sh.To‘lanov ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek notiq giyohvand moddalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan noxush va ayanchli holatlar, tibbiyotda qo‘llaniladigan psixotrop moddalar, dori vositalaridan foydalanish tartib-qoidalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Davra suhbatida Andijon viloyati hokimligi huzuridagi narkotik maddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi mas’ul kotibi J.Mansurov giyohvand moddalarni yetishtirish, iste’mol qilish, ularning oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish bilan bog‘liq jinoiy holatlar  xususida so‘z yuritdi.

Shuningdek davra suhbatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimi Q.Abdurahmonov, sud narkologiya ekspertizasi boshlig‘i Sh.To‘raqulovlar so‘zga chiqib yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka ruju qo‘ygan yoki giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ulanish holatlari uchrayotganligini achinish bilan aytib o‘tdilar. Giyohvandlik jinoyati, unga  qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdilar.

Tadbir davomida mavzuga oid videorolik namoyish qilindi.

Andijon davlat tibbiyot instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov olib borgan davra suhbatida talabalar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisislar tomonidan batafsil ma’lumotlar olishdi.

                                                                                     Kozimjon Baydullaev,

ADTI pediatiriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!