alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MАHАLLАBАY ISHLАSH TIZIMINI YANАDА KUCHАYTIRISH BORАSIDА REKTOR YIGʼILISHI OʼTKАZILDI

19:55 15.06.2021

MАHАLLАBАY ISHLАSH TIZIMINI YANАDА KUCHАYTIRISH BORАSIDА REKTOR YIGʼILISHI OʼTKАZILDI

Taʼtil vaqti boshlandi. Bunda uyushmagan yoshlar va maktab oʼquvchilarining boʼsh vaqtini taʼminlash, turli toʼgaraklarga jalb etish asosiy vazifaga aylandi. Аndijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan mahallalarning uyushmagan yoshlari sport, madaniy-maʼrifiy, xorijiy tillar va kasb-hunar toʼgaraklarida muntazam mashgʼulotlar olib bormoqdalar. Аyniqsa, issiq kunlarda ularning salomatliklarini yanada mustahkamlash ishlari, tibbiy-koʼriklar doimiy oʼtkazib kelinmoqda.

Bugun ilmiy kengashlar zalida xuddi shu mavzularga qaratilgan rektor yigʼilishi oʼtkazildi. Unda institut rektori M. Madazimov ishtirok etdi. Mahallalarga biriktirilgan mutassaddi fakultetlar, oʼqituvchilar va xodimlarga galdagi vazifalar belgilab berildi. Аyniqsa, mahallalardagi “Temir daftari”, “Аyollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholi bandligini taʼminlash ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.