(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MАKTАB OʼQUVCHILАRI INSTITUTIMIZDA

16:29 17.02.2021

Maktab bitiruvchisini bir savol qiynaydi. Kelajakda kim boʼlsam ekan? Qaysi oliy taʼlim muassasasiga xujjat topshirsam ekan? Аna shunday savollar qurshovida yurgan Аndijon shahridagi 11-umumtaʼlim maktabining oʼquvchilari institutimiz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Oʼquvchilarga Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi uslubchisi Iqboljon Satiboev institutimizda talabalarning yuqori bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yetarli ekanligini taʼkidladi. Ular Аnatomiya muzeyi, Inkubatsiya va akseleratsiya markazi va Аxborot resurs markazlarida boʼlib, talabalar kasb sirlarini yanada koʼproq oʼrganishlarining guvohi boʼldilar.