alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MАRHАMАT TUMАNIDА MURАKKАB JАRROHLIK АMАLIYOTI OʼTKАZILDI

18:30 19.05.2021

Marhamat tumanida oʼtkazilgan salomatlik aksiyasi davomida “Temir daftar”ga kiritilgan fuqaro J.Z.ning kasalligi boʼyicha ginekologik murakkab operatsiyasi tuman markaziy shifoxonasida oʼtkazildi. Chuqurlashtirilgan tibbiy koʼriklar vaqtida bemorni bir necha yildan buyon “Bachadon miomasi”dan aziyat chekayotganligi aniqlanib, tekshiruv xulosalari asosida jarrohlik amaliyoti oʼtkazilishi sabab tuman shifoxonasi xirurgiya boʼlimiga yotqizildi. Bemorda operatsiya oldi tayyorgarliklaridan soʼng “Koʼp tugunli bachadon miomasi, bachadondan anomal qon ketish asorati bilan, kamqonlik oʼrta ogʼir darajasi” tashxisi bilan “Bachadon ekstirpatsiyasi” operatsiyasi oʼtkazildi. Jarrohlik amaliyotini АDTI yetakchi mutaxassislari 2-akusherlik va ginekologiya kafedrasi katta oʼqituvchisi, oliy toifali shifokor S.Ibragimova va 1-akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti F.Nosirova tomonidan muvafaqqiyatli bajarildi. Ushbu amaliyot mahalliy shifokorlar uchun master klass sifatida koʼrsatib berildi.