alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI BITIRUVCHILARIGA CHET TILLARINI BILISH DARAJASINI ANIQLASH BO’YICHA OG‘ZAKI SINOVLAR O‘TKAZILDI

16:50 22.05.2019

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining  «Magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari orasida kelgusida tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilar safiga tavsiya etiladigan iqtidorli yoshlarni tanlash to‘g‘risida»gi 2019-yil 29-apreldagi 111 – sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida 22-may kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha og‘zaki so‘rov sinovlari o‘tkazildi.

ADTI rektori M.M.Madazimov so‘zga chiqib, magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarini o‘quv jarayonini yakunlayotganliklari bilan tabriklab, kelgusida yetuk mutaxassis bo‘lib, xalqimiz salomatligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishlari va xalq dardiga darmon bo‘lishlari lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Talabalarga sinov imtihonlarida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha og‘zaki so‘rov o‘tkazish hay’ati raisi, Toshkent pediatriya  tibbiyot instituti chet tillari kafedrasi mudiri, dotsent D.D.Bo‘ronova so‘zga chiqib, institut magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi bosqich talabalarini o‘quv jarayonini muvaffaqiyatli tamomlayotganliklari bilan tabrikladi va sinov imtihonlarini o‘tkazish yuzasidan hay’at a’zolariga yo‘riqnomalar berdi.

Sinov imtihonlari adolatli va shaffof tarzda o‘tkazildi.
 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!