Mahalla yoshlari yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazmoqdalar

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019 yil 9 iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti sport zalida  reabilitologiya va jismoniy  tarbiya kafedrasi  davlatimiz rahbari ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlaini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan ikkinchi tashabbus hamda aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foyjdalanishni tashkil etishga qaratilgan  uchuinchi tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirlar o‘tkazildi.

Unda Andijon shahridagi “Ahmad Yassaviy”, O‘zbekiston”,”Xo‘tanariq”, “Dilkushod”,  mahallarining uyushmagan o‘quvchi- yoshlari ishtirok etdilar.

Bolajonlar sportning voleybol va basketbol, stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalarda faol qatnashdilar. Shuningdek, kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanish bo‘yicha qiziqarli va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

603