(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MILLIONLAR OʻYINI TALABALAR TURAR JOYIDA

21:27 28.04.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti Talabalar turar joyida joylashgan mini futbol arenasida futbol boʻyicha oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazildi. Qoʻshariq mahalla fuqarolar yigʻinining uyushmagan yoshlaridan tashkil topgan “Qizil quyosh”, Pokistonlik talabalardan iborat “Pokiston”, hamda Talabalar turar joyi talabalaridan iborat futbol jamoalari oʻzaro oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdilar.

1-oʻyinda Xorijlik talabalarga qarshi Qoʻshariq mahallasining “Qizil quyosh” jamoasi bahs olib bordi va 4-2 hisobida Xorijlik talabalar jamoasi gʻalaba qozondi.

2-oʻyinda Xorijlik talabalar jamoasiga qarshi Talabalar turar joyi jamoasi maydonga tushdi, oʻyin 0-1 hisobi bilan Talabalar turar joyi jamoasi foydasiga hal boʻldi.

3-oʻyinda Qoʻshariq mahallasi jamoasiga qarshi Talabalar turar joyi jamoasi bahs olib borib, Qoʻshariq dahasining “Qizil quyosh” jamoasi ustidan 4-3 hisobida gʻalaba qozondi.

Bellashuvga futbol toʻgaragi murabbiyi Toʻychiyev Akmaljon hakamlik qilib, oʻyinni odilona boshqarib bordi.

Aziz yoshlar, institutimiz hududidagi mahalla yoshlari, har kuni oqshomda sizni talabalar turar joyi sport maydonchalarida kutamiz.

 

ADTI matbuot xizmati