Maktab o‘quvchilari uchun onlayn ma’ruza

Andijon davlat tibbiyot instituti
image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgust kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ta’lim samaradorligini oshirish borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida  Andijon davlat tibbiyot institutida yana bir onlayn ma’ruza tashkil etildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Tibbiy kimyo kafedrasi dotsenti I.I.Xomidov tomonidan  Marahamat tumanidagi 47-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi  10-, 11-sinf o‘quvchilari uchun “Uglevodlar» mavzusida onlayn ma’ruza qilindi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Ma’ruzada uglevodlarning tuzilishi va sinflanishi, monosaxaridlar, ularning fazoviy izomeriyasi va xossalari,disaxariblar va polisaxaridlarning sinflanishi va biologik roli  to’g’risida to’liq tushunchalar  berildi. Onlayn ma’ruza barcha ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan tinglandi. O’qituvchilar va o’quvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga to’liq javoblar berildi.

Institut professor-o‘qituvchilarining onlayn ma’ruzalari kelgusida ham davom ettiriladi.

Ulug’bek Karimov,

ADTI davolash fakulteti dekan o’rinbosari

72