alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Maktab o‘quvchilari uchun onlayn ma’ruza

13:18 25.01.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgust kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ta’lim samaradorligini oshirish borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yil 25-yanvar kuni  Andijon davlat tibbiyot institutida yana bir onlayn ma’ruza tashkil etildi.

Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi dotsenti Toyirjon Saydullayev tomonidan  Marhamat tumanidagi 47-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi  9-, 10-sinf o‘quvchilari uchun “Xujayraning ko’payishi, mitoz va meyoz» mavzusida onlayn ma’ruza qilindi.

Ma’ruzada mitoz va meyozning biologik ahamiyati, uning boshqichlari to’g’risida to’liq tushuncha berildi. Xujayra ko’payishining yangi usullari, endomitoz, politeniya  haqida tushunchalar berildi.

Onlayn ma’ruza barcha ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan tinglandi. O’qituvchilar va o’quvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga to’liq javoblar berildi. Institut professor-o‘qituvchilarining onlayn ma’ruzalari kelgusida ham davom ettiriladi.

U.Karimov,

ADTI Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!