Maktab va institut hamkorligi davom etadi

Andijon davlat tibbiyot instituti
image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutiga Andijon shahridagi 4-umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari tashrif buyurdilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni oliy ta’limga jalb etish bilan birga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kasb-hunarga mehr uyg‘otish, turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olishga qaratilgan.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Ta’lim islohotlarida maktab o‘quvchilarini oliy ta’limga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Maktablar va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi yoshlarning komil insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun juda zarurdir.

4-maktab jamoasini davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Karimov rahbarligida institut jamoasi samimiy kutib oldilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

O‘quvchilar institut fayesidagi ko‘rgazmalar orqali institut tarixi, o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Shundan so‘ng, institutning Axborot-resurs markazi, Simulyatsion o‘quv markazi, muzeylari bilan yaqindan tanishdilar. O‘quvchilar institut, shifokorlik kasbiga oid savollariga mutaxassislar, talabalar tomonidan  yetarlicha javoblar oldilar.

Tashrif yakunida kelajakda shifokorlik kasbini tanlashga ahd qilgan o‘quvchilar institut jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

70