alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Maktabda professor-o‘qituvchilar va talabalar

11:31 17.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgust kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazgan videoselektr yig‘ilishida belgilab berilgan qator vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutning bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalari Marhamat tumanidagi 9-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan maqsad umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda pedagog-xodimlarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatishdan iborat. Institut rektori Madaminjon Madazimov rahbarligidagi institut ishchi guruhiga Marhamat tuman XTB mas’ul xodimlari hamrohlik qildi.

Maktab o‘quvchilari ADTI jamoasiga san’at turlari bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi – qo‘shiq, raqs ijro etishdi, aktyorlik mahoratlarini ko‘rsatishdi. Professor-o‘qituvchilar o‘quvchilarning qo‘l mehnati asosida tayyorlagan ko‘rgazmalarini tamosha qilishdi va o‘quvchilarning san’atiga, mahoratiga yuqori baho berishdi. O‘z o‘rnida institut talabalari ham maktab jamoasiga san’at turlari bo‘yicha o‘z iste’dodlarini namoyish etishdi. Talabalarning “Andijon polkasi” davomli qarsaklar bilan kutib olindi.

Maktab sport zalida o‘tkazilgan musobaqalar davomida sport turlari bo‘yicha epchil va chaqqon ekanliklarini ko‘rsata olishdi. Ishchi guruh o‘qituvchi va o‘quvchilarning adabiyot, san’atga munosabati, kompyuter savodxonligi, kitobxonlik darajasi, jismoniy tarbiya va sportga munosabatini tahlil etdilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tashrifi davomida tuman maktablari o‘qituvchilari ishtirokida ilmiy, amaliy va nazariy seminar tashkil etildi. Joylarda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati o‘rganildi, zarur ko‘rsatmalar berildi.

Tashrif davomida o‘quvchilar uchun “Rektor soati”ni o‘tkazildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan dars jarayonida institut rektori ADTIda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv markazilari, ATM, ARM, masofaviy ta’lim, telemeditsina ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil so‘zlab berdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi maktabning iqtidorli, iste’dodli o‘quvchilariga jamoaning esdalik sovg‘alarini taqdim etdi. Maktab jamaosi Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va talabalarining tashrifidan cheksiz mamnun bo‘lganliklarini izhor etdilar.

 

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!