alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Maktablarga amaliy ko‘mak

17:28 16.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga eng muhim vazifa sifatida alohida e’tibor qaratmoqda. Davlatimiz rahbari 2019-yil 23-avgust kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazgan videoselektr yig‘ilishida ta’lim samaradorligini oshirish borasida bir qator vazifalarni belgilab berdi. Ular  ijrosini ta’minlash maqsadida Prezident Adminstratsiyasi vakillar rahbarligida tashkil etilgan Respublika ishchi guruxi ishtirokida «Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish, maktab ta’limini rivojlantirish»  mavzusida seminar treninglar tashkil etilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot institutda mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshrilmoqda.  Jumladan, umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda pedagog-xodimlarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida Andijon viloyatining Buloqboshi, Jalaquduq, Marhamat, Xo‘jaobod tumanlari maktablariga institut prorektorlari boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar biriktirildi. Har bir tumanda “Tayanch kafedralar” tashkil etildi va ularning tarkibi tasdiqlandi.

Institut rektori Madaminjon Madazimov rahbarligidagi institut ishchi guruhi joylarda maktablar faoliyatini chuqur tahlil etmoqdalar va maktablarga har tomonlama ko‘mak berishmoqda. Umumta’lim maktablariga biriktirilgan professor-o‘qituvchilarga maktablarning metodik kengash va metod birlashmalar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, yangi pedagogik texnologiyalar asosida metodik kengash va metod birlashmalarni yangidan tashkil etish va faoliyatga tatbiq etish, “Tayanch kafedralar” faoliyatini muntazam tahlil qilib borish, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash bo‘yicha o‘quv yili davomida ichki monitoring o‘tkazish va monitoring natijalarini tahlil qilish kabi bir qator vazifalar belgilandi.

ADTI rektori rahbarligidagi ishchi guruh Marhamat tumanidagi maktablarda, jumladan, 8-maktabda bo‘ldilar. Institut jamoasiga Marhamat tuman XTB mas’ul xodimlari hamrohlik qildi. Tuman maktablari o‘qituvchilari ishtirokida ilmiy, amaliy va nazariy seminar tashkil etildi. Seminar davomida mamlakatimiz Prezidentining “Oila, mahalla, maktab, oliy ta’lim muassasasi” hamkorligi yo‘nalishi bo‘yicha belgilab bergan vazifalar ijrosini ta’minlash, iqtidorli, bilimli, qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash va ularni oliy ta’lim muassasalariga jalb etish borasida shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Maktab o‘quvchilari uchun “Rektor soati”ni o‘tkazildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan dars jarayonida institut rektori ADTIda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, institutning o‘quv binolarida olib borilayotgan qurilish-taomirlash ishlari, smulatsion o‘quv markazi, ATM, ARM, masofaviy ta’lim, telemeditsina ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil so‘zlab berdi.

ADTI rektori rahbarligidagi ishchi guruhi tashrifi jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning adabiyot, san’atga munosabati, kompyuter savodxonligi, kitobxonlik darajasi, jismoniy tarbiya va sportga munosabati tahlil etildi. Joylarda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati o‘rganildi, zarur ko‘rsatmalar berildi.

ADTI axborot xizmati

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!