alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MA’NAVIYAT KENGASHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

17:23 29.01.2021

Bugun, 2021 yil 29 yanvar kuni institutning ilmiy kengashlar zalida ma’naviyat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institutning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat yo’nalishi bo’yicha faoliyat yurituvchi mas’ullar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni o‘quv ishlari bo‘yicha porektor B.Abdullajonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor vazifasini v/b A.A.Abduxalimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 25 dekabrdagi O‘zbekiston yoshlari forumidagi, 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2021 yil 19 yanvardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida so‘zlagan nutqida belgilab bergilgan vazifalardan kelib chiqib, institutda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ma’naviyat kengashi yig‘ilishi a’zolari va ish rejasi bilan ishtirokcholarni tanishtiridi.  Yig‘ilish davomida davolash, pediatriya, stomatologiya fakultetlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlarining yil davomida amalga oshirilgan ishlari tanqidiy ko‘rib chiqilib ularning xisobotlari tinglandi.


Yig‘ilish so‘ngida kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar to‘g‘risida kelishib olindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!