“Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni”

image_pdfYuklab olish (pdf)

Andijon davlat tibbiyot institutida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni”  mavzusidagi bayram tadbiri o‘tkazildi.

Bayram tadbirini o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b. B.Abdullajonov ochib berar ekan, har qanday vaziyatda tibbiyotchilar xalq bilan birga, harbiylar – ofitser va askarlar kabi xalqni himoya qilish har bir tibbiyotchining sharfli burchi, ofitserlik libosida turgan tibbiyotchilar xalqimizning faxri ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini tunu kun himoya qilib kelayotgan Vatan himoyachilari, bir-biridan o‘ktam, mard va jasur o‘g‘lonlarni Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy tabrikladi.

 

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi va bayram tadbiri ishtirokchilariga so‘z berildi.

Bayram tadbiri davomida so‘z olgan faxriy ustozlar, istefodagi harbiylar,  harbiy kafedra xodimlari, talabalar Vatan, Vatan himoyasining sharafi, bu nomga sazovor bo‘lish insonga cheksiz baxt ekanligi xususida so‘z yuritdilar.

Tadbir davomida institut rektorining maxsus buyrug‘iga asosan bir guruh harbiy professor-o‘qituvchilar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan rahbatlantirildi, hamkor tashkilotlarning “Tashakkurnoma”, “Fahriy yorliq”lari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti faollari hamda institut bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan Andijon shahridagi 15-, 35-umumta’lim maktablari jamoalari tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy bayram dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

ADTI axborot xizmati

145