alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni

12:03 18.01.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh  Qo‘mondoni Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojatnomasida ”Davlatimizning mudofaa qobiliyatini yanada mustaxkamlash, armiyamizning  jangovar qudrati va salohiyatini oshirish ham eng muxim vazifalarimizdan biri hisoblanadi” deb takidlagan edilar. Bu yilgi Vatan himoyachilari kunini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining “Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan mamlakatimiz miqyosida keng nishonlamoqdamiz.

Andijon davlat tibbiyot instituti Harbiy tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi kafedrasi tomonidan “Kafedra kuni” doirasida Talabalar turar joyida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Harbiy tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi kafedrasi ofitserlari A.A.Soliнev, B.Razzaqov, Q.Sharipov va boshqa xodimlar ishtirok etishdi. Tadbirni davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Karimov ochib berar ekan, Mutaqillik yillarida Qurolli Kuchlarimiz shiddat bilan rivojlanib borayotganligini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng Harbiy tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi kafedrasi o‘quv bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik A.A.Soliyev so‘zga chiqib, hozirgi zamonda  doimo xushyorlik va ogohlikni saqlash, xar birimiz uchun o‘z uyimizni, ona O‘zbekistonimizdagi tinchlik va barqarorlikni asrash va himoya qilish har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidladi.

Tadbirda so‘z olgan kafedraning ma’naviy-ma’rififiy ishlar bo‘icha mas’uli podpolkovnik B.Razzaqov mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, zamonaviy talablar va mamlakat xavfsizligiga tahdidlarni chuqur tahlil qilish asosida sohaga oid muhim qonun hujjatlari qabul qilingani xususida ma’lumot berib o‘tdi.

Tadbir davomida “Mening Armiyam” nomli videorolik namoyish etildi. Videorlikda Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli isloxotlar, armiyadagi ahloqiy-ruhiy, ma’naviy muhitning butunlay yangilangani, jamiyatimizda armiyaga va harbiy xizmatga nisbattan yondashuv tamomila o‘zgarganligi namoyish etildi.

“Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusidagi uchrashuvda ishtirokchilar O‘zbekiston Qurooli Kuchlarining salohiyati, mustaqillik yillarida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, uning sarhadlari daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdilar va Vatanni himoya qilish har birimizning muqaddas burchimiz ekanligini yana bir bor dildan his etdilar.

U.D.Karimov,

ADTI davolash fakulteti yoshlar bilan

ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!