alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MARHAMAT TUMANI QOVUNCHI OSHPDA CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILDI

16:14 25.05.2023

Joriy yilning 19-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov marhamatlik yoshlar bilan uchrashuv davomida aytib o‘tganidek bugun, 25-may kuni aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini har tomonlama mustahkamlash, aholi salomatlik ko‘rsatkichini yaxshilash, hamda ko‘p uchrayotgan kasalliklar darajasini kamaytirish maqsadida, Andijon davlat tibbiyot institutining malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan  Marhamat tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Qovunchi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Qovunchi OShPda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda institutning 12 turdagi mutaxassisliklardan iborat 16 nafar xodimlari ishtirok etib,  salomatligi bo‘yicha 3-4-guruhlarga kiritilgan 437 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘ruvlar davomida 131 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishga, 17 nafar bemor tuman markaziy shifoxonasiga, 4 nafar bemorga viloyat davolash muassasalariga yo‘llanmalar berdilar. 38 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar tarqatildi. Tibbiy ko‘rik davomida 67 ta UTT va 58 ta EKG va 32 ta laborator tekshiruvlari o‘tkazilib, natijalari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan maslahatlar berildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!