alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MARHAMAT TUMANIDA SOGʻLOMLASHTIRISH TADBIRLARI

11:52 25.11.2022

Marhamat tumanida Andijon davlat tibbiyot institutining 14 nafar mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazildi. Unda 785 nafar aholining salomatligi tekshirilib, bemorlarga kerakli koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, tumanda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Qandli diabet 2-turi va prediabet bilan xastalangan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklar xavf omillarini kamaytirish” mavzusidagi innovatsion loyiha  doirasida 94 nafar aholi orasida skrining tekshiruvlari ham oʻtkazildi.

Tadbir davomida institutning “Yosh valontyorlar” jamoasi ham ishtirok etib, aholi orasida sogʻlom turmush tarzi va sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik boʻyicha targʻibot olib bordilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!