alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Marhamat tumanida sog‘lomlashtirish ishlari davom ettirildi

17:12 05.07.2019

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy  hizmat, sifat va samaradorligini yaxshilash, hamda tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, 2019 yil 5 iyul kuni Marhamat tumani TTBga qarashli Ibn Sino QVPda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazdilar.Tibbiy ko‘rikda VMO va QT fakulteti mutaxassislaridan iborat ja’mi 14 nafar malakali professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Tibbiy ko‘rik davomida tuman aholisining 256 nafari ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rikda 36 nafar aholida  surunkali xastaliklar  aniqlandi va kerakli maslaxatlar berildi. Shuningdek,  o‘zgalar parvarishiga muxtoj bo‘lgan 3 nafar fuqarolar joylarga borib ko‘rilib, kerakli tavsiya va yordamlar ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha 42 nafar aholiga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan sog‘lom turmush tarzi, turli xil surunkali va yuqumli hastaliklar to‘g‘risida va ularni oldini olish bo‘yicha, kerakli maslahatlar berdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!