alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MARHAMAT TUMANIDA TIBBIY KO‘RIKLAR DAVOM ETMOQDA

17:03 20.06.2019

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy  xizmat, sifat va samaradorligini yaxshilash, hamda tibbiy madaniyatni oshirish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari 2019- yil 20- iyun kuni Marhamat tumani TTBga qarashli  Bo‘riboshi MFYda joylashgan  34-qishloq oilaviy poliklinikasida va  unga qarashli filialda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazdilar.


Tibbiy ko‘rikda pediatr, akusher-ginekolog, terapevt, xirurg, onkolog, kardiolog, nevropatolog, okulist, dermatovenerolog, endokrinolog, lor, travmatolog, infeksionist mutaxassislaridan iborat jami 48 nafar malakali professor-o‘qituvchilar qatnashdilar.


Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikda hududning 1875  nafar aholisi qamrab olindi. 156 nafar aholida  surunkali xastaliklar  aniqlandi va kerakli maslahatlar berildi. Shuningdek,  o‘zgalar parvarishiga muxtoj bo‘lgan 12 nafar fuqarolarning yashash joylariga borib ko‘rildi va ularga kerakli tavsiya, yordamlar ko‘rsatildi. Shuningdek 21 nafar fuqaroga davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma berildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18- dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qarorlari ijrosi bo‘yicha 42 nafar amaliyotchi talaba 165 ta xonadonda patronaj va tibbiy madaniyatni oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!