Marhamat tumanida tibbiy ko‘riklar davom ettirilmoqda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy  xizmat, sifat va samaradorligini yaxshilash hamda tibbiy madaniyatni oshirish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari 2019 yil 19 iyun kuni Marhamat tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Qoraqo‘rg‘on MFY da joylashgan  34-qishloq oilaviy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazdilar.

Tibbiy ko‘rikda pediatr, akusher-ginekolog, terapevt, xirurg, onkolog, kardiolog, nevropatolog, okulist, dermatovenerolog, endokrinolog, lor, travmatolog mutaxassislaridan iborat jami 44 nafar malakali professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik bilan hududning 495 nafar aholisi qamrab olindi. 34 nafar aholida  surunkali xastaliklar  aniqlandi va ularga kerakli maslahatlar berildi. Shuningdek,  o‘zgalar parvarishiga muxtoj bo‘lgan 5 nafar fuqaro joylarga borib ko‘rildi. Ularga kerakli tavsiya berilib, tibbiy yordam ko‘rsatildi. 3 nafar fuqaroga davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qarorlari ijrosi bo‘yicha 54 nafar amaliyotchi talaba 64 ta xonadonda bo‘lib  targ‘ibot ishlarini  olib borishdi.

214