“MA’RIFAT KARVONI” ANDIJONDA! – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MA’RIFAT KARVONI” ANDIJONDA!

14:54 30.05.2025

Bugun, 30-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari doirasida “Bir maqsad” loyihasi asosida “Ma’rifat soatlari” bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi J.Meliqo‘ziyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi  rahbari N.Qashqaboyeva, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi Monitoring bo‘limi boshlig‘i T.Muratova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘rg‘ontepa bo‘limi boshlig‘i G.Qosimova, viloyat ma’naviyat targ‘ibotchisi Sh.Ma’rufxo‘jayev, umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, tashkilot va korxonalar ma’naviyat bo‘yicha mas’ullari, talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida “Ma’rifat soatlari” doirasida tayyorlangan milliy qadriyat, urf-odatlar aks etgan videoroliklar namoyish etildi.

Shundan so‘ng, so‘z olganlar ma’naviyat tushunchasi, uning insonlar hayotidagi roli, millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy-madaniy rivojlanishisiz Ma’naviyatni tasavvur qilish qiyinligi haqida so‘z yuritdi.

Vatanni sevish, vatanparvarlik inson ma’naviyatini belgilovchi asosiy omillardan biri ekanligi, ma’naviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanishini ta’kidladi.

Tadbirda so‘z olgan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institut talabalarining ma’naviyatli, ma’rifatli avlod sifatida tarbiyalashda ahamiyatga molik mihim jihatlar, institutning moddiy-texnik bazasini yaxshilashda amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi J.Meliqo‘ziyev “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va dininy sohadagi davlat siyosatida “dunyoviy daxriylik emas” tamoyilining ahamiyati” mavzusidagi ma’ruzasini taqdim etdi.

Yakunda qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan batafsil javob oldi.

Skip to content