«Marifat kelajak poydevori”

Andijon davlat tibbiyot instituti
image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Shukronalik” tadbiri bu hafta «Marifat kelajak poydevori” mavzusi ostida o‘tkazildi. ADTI  Klinikasi binosida «Shukronalik» tadbiri Urologiya  kursi  tomonidan  o’tkazildi.

Tadbirni Urologiya kursi mudiri, dosent U.M.Rustamov ochib, tinch va osoyishtalikda o’tayotgan har bir kunimizga, farzandlarimiz sog’-salomat yurganligiga shukronalik qilishimiz kerakligini ta’kidladi.     Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan kuylandi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
 

Urologiya  kursining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha ma’suli S.A.Abdulazizov va yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi I.Sattiboyev tomonidan «Ayol va jamiyat» mavzusida    ma’ruza qilindi.

Institut 2-o‘quv binosida “Shukronalik” tadbiri Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan o‘tkazildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti

Tadbir «Marifat kelajak poydevori”  mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda so‘z olganlar ilm, ma’rifat insonning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida alohida o‘ringa ega ekanligi, har birimiz ilm-ma’rafatga intilmog‘imiz lozimligi xususida so‘z yuritdilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti

ADTI institut asosiy binosida anatomiya  klinik  anatomiya kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan “Shukronalik” tadbirida ham ilmli inson hayotda har qanday to‘siqdan qiyinchliksiz o‘tishi, ma’naviyat, ma’rifat inson umrining ziynati ekanligi haqida fikrlar bildirildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
 

“Shukronalik” tadbirlarida talabalar o‘zlari o‘qigan asarlardan ilm, ma’rifat xususida bildirilgan fikrlardan aytib berishdi va ko‘tarinki kayfiyat bilan yangi o‘quv haftasini boshlashdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
 

I.Sattiboyev

ADTI ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi

77