alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MASOFAVIY MA`RUZA O`TKAZILDI

13:11 08.11.2019

         O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 apreldagi “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2909-sonli qarori ijrosi bo`yicha ADTI “Bolalar jarroxligi”, VMO va QT fakul`teti bolalar xirurgiyasi, bolalar anesteziologiya reanimatologiyasi, oftal`malogiya va stomatologiya kafedralari Rossiya federetsiyasi “Pirogov” nomidagi tibbiyot ilmiy tekshirish universiteti “Bolalar xirurgiyasi” kafedrasi o`rtasida masofaviy ma`ruza o`tkazildi.

Maruzani kafedra mudiri professor A.Yu.Razumovskiy “Bolalarda qizilo`ngach axoloziyalarida laparoskopik fundoplikatsiya” mavzusida o`qib berdi. Ma`ruzada kafedra professor-o`qituvchilari, magistratura, klinik ordinatura va 401-402-403-404-gurux pediatriya fakul`teti talabalari ishtirok etishdi. Ma`ruzada qatnashchilarning qiziqtirgan savollariga A.Yu.Razumovskiy javob berdi. Yig`ilish so`ngida qatnashchilar dunyoning etuk bolalar xirurgi olimiga o`zlarining minnatdirchiliklarini bildirishdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!