alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MASOFAVIY MA’RUZA O‘TKAZILDI

17:40 03.12.2020

Birlamchi bug‘im DPMlari xodimlari bilan aloqani yanada mustahkamlash, hamda ularni muntazam ravishda tibbiyot yangiliklari bilan tanishtirib borish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti va  viloyatning barcha tumanlari o‘rtasida telemeditsina tashkil etilgan.

Institutning yetakchi olimlari tuman mutaxassislarining talablari va joylardagi ko‘p uchrovchi kasalliklar bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazib kelishmoqda. Navbatdagi ma’ruza Asaka tumani shifokorlariga tumanda ko‘p uchrayotgan yurak qon tomir kasalliklar va uni oldini olish mavzusida o‘tkazildi.

Institutning Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedra mudiri, dotsent  R.N.Yuldashyev “Yurak qon tomir kasalliklarini aholi orasida tarqalishi. Arterial gipertoniya” mavzusida o‘tkazildi. Ma’ruzada tumanining birlamchi tizim davolash profilaktika muassasalari shifokorlari ishtirok etishdi. Ma’ruza savol va mulohazalarga boy tarzda o‘tdi.

Davolash (amaliyot) bo‘limi     

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!