Masofaviy ta‘lim — o’qitishning yangi shakli bo’lib, u ta‘limning yangi shakllari, metodlari, vositalari, tashkil etilishi, pedagog va tinglovchi o’rtasidagi hamda tinglovchilarning o’zaro muloqoti shakllarini nazarda tutadi. Shuningdek, bunday ta‘limning o’ziga xos turli shakllari, ijtimoiy buyurtma bilan asoslangan o’z maqsadiga, tanlangan ta‘lim muassasasining o’quv dasturlarida belgilangan mazmun hamda o’qitish metodlarining tashkiliy shakli va maxsus vositalariga ega bo’ladi.
Masofaviy ta‘lim asosini tashkil etgan zamonaviy kompyuter telekommunikatsiya texnologiyalari, bilimlarni uzatish va tinglovchilarni turli xil o’quv axborotlari bilan ta‘minlash bo’yicha o’qitishning an‘anaviy vositalaridan ustunlik qilishi bilan farqlanadi. Ta‘limda bu xildagi zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining turli o’quv fanlari o’qituvchilari tomonidan qo’llanilayotgani, ta‘limning samaradorligini oshirishda, uni intensivlashtirishda muhim tamoyil sanaladi.
Andijon davlat tibbiyot instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchisi G.Daminova va Toshkent farmatsiya instituti “Tillar” kafedrasining o’qituvchisi N.Axmedova “Tibbiyotda xorijiy til” fanidan ma’sofaviy ta’lim tizimini yo’lga qo’ygan holda on-line tarzda farmatsiya fakulteti 2-bosqich talabalari o’rtasida “Drug Names” mavzusida amaliy mashg’ulot o’tkazishdi.. Dars jarayoni G.Daminova tomonidan noananaviy usulda tashkillashtirildi.
Masofaviy amaliy mashg’ulotda Toshkent farmatsiya instituti “Tillar” kafedrasining mudiri S. To’ychiyeva va Andijon davlat tibbiyot instituti “Xorijiy tillar” kafedrasining mudiri L. Hudayberdiyeva, “Farmatsiya” yo’nalishi mas’uli Z.Ergasheva qatnashdilar. Talabalar mashg’ulot davomida dori shakllari va ularning qo’llanilish usullarini, shu bilan bir qatorda modal fe’llarning gapda ishlatish qonun-qoidalari bilan tanishtirildi. Dars so’nggida talabalar ishtirokida qo’llanilgan “shifokor va farmatseft” nomli interfaol o’yinidan talabalar o’zlarining bo’lg’usi sohalari uchun muhim bo’lgan bir nechta amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishdi.