alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Masofaviy ta‘lim orqali ta’lim sifatini oshirish

08:07 12.11.2019

Masofaviy ta‘lim — o’qitishning yangi shakli bo’lib, u ta‘limning yangi shakllari, metodlari, vositalari, tashkil etilishi, pedagog va tinglovchi o’rtasidagi hamda tinglovchilarning o’zaro muloqoti shakllarini nazarda tutadi. Shuningdek, bunday ta‘limning o’ziga xos turli shakllari, ijtimoiy buyurtma bilan asoslangan o’z maqsadiga, tanlangan ta‘lim muassasasining o’quv dasturlarida belgilangan mazmun hamda o’qitish metodlarining tashkiliy shakli va maxsus vositalariga ega bo’ladi.

Masofaviy ta‘lim asosini tashkil etgan zamonaviy kompyuter telekommunikatsiya texnologiyalari, bilimlarni uzatish va tinglovchilarni turli xil o’quv axborotlari bilan ta‘minlash bo’yicha o’qitishning an‘anaviy vositalaridan ustunlik qilishi bilan farqlanadi. Ta‘limda bu xildagi zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining turli o’quv fanlari o’qituvchilari tomonidan qo’llanilayotgani, ta‘limning samaradorligini oshirishda, uni intensivlashtirishda muhim tamoyil sanaladi.

Andijon davlat tibbiyot instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchisi G.Daminova va Toshkent farmatsiya instituti  “Tillar” kafedrasining  o’qituvchisi N.Axmedova “Tibbiyotda xorijiy til” fanidan   ma’sofaviy ta’lim tizimini  yo’lga qo’ygan holda  on-line tarzda farmatsiya fakulteti 2-bosqich talabalari o’rtasida “Drug Names” mavzusida amaliy mashg’ulot o’tkazishdi.. Dars jarayoni G.Daminova tomonidan noananaviy usulda tashkillashtirildi.

Masofaviy  amaliy mashg’ulotda Toshkent farmatsiya instituti  “Tillar” kafedrasining  mudiri S. To’ychiyeva  va  Andijon davlat tibbiyot instituti “Xorijiy tillar” kafedrasining  mudiri L. Hudayberdiyeva, “Farmatsiya” yo’nalishi mas’uli Z.Ergasheva qatnashdilar. Talabalar mashg’ulot davomida dori shakllari va ularning qo’llanilish usullarini, shu bilan bir qatorda modal fe’llarning gapda ishlatish qonun-qoidalari bilan tanishtirildi. Dars so’nggida talabalar ishtirokida qo’llanilgan “shifokor va farmatseft” nomli interfaol o’yinidan talabalar o’zlarining bo’lg’usi sohalari uchun muhim bo’lgan bir nechta amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!