“Mehnat va bandlik masalalariga asos bo‘luvchi prinsiplar va huquqlarga rioya qilish masalalari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 17-apreldagi 87-03-1503 sonli xatiga asosan 2019-yil 25-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Mehnat va bandlik masalalariga asos bo‘luvchi prinsiplar va huquqlarga rioya qilish masalalari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov ochib, Prezidentimiz tomonidan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash borasida institutda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, Andijon viloyati bandlikka ko‘maklashish bosh boshqarmasi boshlig‘i M.Maxsudov so‘zga chiqib, bozor munosabatlari jarayonlarida kasbga o‘qitish, chetga chiqib ishlamoqchi bo‘lgan mutaxassislarga barcha sharoitlar yaratilganligi, zarur ma’lumotlarni “mehnat.uz”  saytidan topish mumkinligi, to‘g‘risida fikrlar bildirdi. Shu bilan birga, hozirgi kunda malakali vrachlarga talab kuchli ekanligi hamda har oyning 5 sanasida hududlar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar mehnat bandligi e’lonlariga joylashtirilishligi to‘g‘risida ham gapirdi.

Shuningdek, davra suhbatida Andijon viloyati prokuraturasi bo‘limi katta prokurori xodimi M.Mansurov so‘z olib, ishga qabul qilish jarayonida turli xil noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilsa hamda majburiy mehnatga jalb etilsa ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 55-moddasiga binoan javobgarlikka tortilishi, ishsiz fuqarolarni muayyan ish bilan ta’minlash maqsadida “xizmat bor” telegram kanali ochilganligi hususida fikrlar bildirdi.

Tadbir so‘nggida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi yuridik ta’minlash bo‘limi yuriskonsulti L.Meliboyev, migratsiya masalalari, chet-elga noqonuniy chiqmaslik, chet-elga chiqish uchun 2019-yil 1-yanvardan boshlab, xorijga chiqish pasporti joriy qilinganligi, tibbiyot xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish kerakligi, respublikamizning ayrim tug‘ruqxonalarida chaqaloqlar savdosi kabi noqonuniy holatlar sodir bo‘layotganligi va bunday xodimlarga nisbatan jinoyat kodeksiga asosan ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishligi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

331