Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Mehr, e’tibor, dildan suhbat

10:26 25.10.2019

Bola qalbi hamisha iliq so’zga, mehrga mushtoq. Ayniqsa, Bolalar uyida voyaga yetayotgan o’g’il – qizlar uchun mehr otlig’ qadrli ne’mat suv va havodek zarur. Chunki, bu aziz tuyg’u ularni kelajakda komil inson bo’lib voyaga yetishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Atrofdagilardan mehr ko’rgan insongina vatanparvar bo’la oladi.
Shu sabab, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov hamda Sharqiy harbiy okrug qoshinlar qo’mondoni polkovnik L.Y.Buzrukov tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan viloyatimizdagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilari huzurida bo’lish, ular bilan dildan suhbatlar o’tkazish sovg’a-salomlar ulashish an’ana tusiga kirgan.

Mana shunday tadbirlardan biri, 2019 yil 23 oktyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti harbiy tayyorgarlik va fuqarolar muhofazasi kafedrasi professor-o’qituvchilari va kafedrada tahsil olayotgan davolash fakultetining 4-kurs talabalari bilan Andijon shaxrida joylashgan viloyat bolalar uyiga tashrif buyurdilar.

Uchrashuvda Andijon davlat tibbiyot instituti harbiy tayyorgarlik va fuqarolar muhofazasi kafedrasi boshlig’i, tibbiyot xizmati podpolkovnigi A.N.Nasriddinov, kafedra professor-o’qituvchilari: Qurolli Kuchlar xizmatchilari A.A.Soliyev, B.Razzakov, O.S.Usmonov, M.M.O’lmasov hamda   talabalar   o’zlari bilan olib borgan sovg’a-salomlarni bolalarga ulashildi. Bolalar uyi direktori D.B.Sattorova meqmonlarni Bolalar uyining shart–sharoitlari bilan yaqindan tanishtirdi. Harbiy kafedra talabalari Bolalar uyini obodonlashtirish ishlarida faol qatnashdilar. Mehrga tashna dillar bilan chin ko’ngildan suhbatlashib, oz  bo’lsada ularning ko’ngillarini shod etdilar.

Ayniqsa, olib borilgan sovg’alardan bolalar juda hursand bo’lib, o’zlarini yolg’iz emasliklarini his qilishdi. Ularning qiziqishlari, hohish–istaklari, muammolari o’rganib chiqildi.

Albatta, tibbiyot instituti tomonidan bunday hayrli ishlar juda ko’plab amalga oshirilgan va bugungi bolalar uyiga qilingan tashrif ham shular jumlasidandir.

A.A.Soliyev

Qurolli Kuchlar xizmatchisi.

Skip to content Click to listen highlighted text!