“MEHR QOLUR, MUHABBAT QOLUR” – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MEHR QOLUR, MUHABBAT QOLUR”

15:10 26.04.2025

Bugun, 26-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan “Mehr qolur, muhabbat qolur” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari, shoira Xurshidabonu Vaxobjon qizi, institut rektorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Xolmatova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Vosit Ahmad ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar o‘zbek xalqining erka shoiri Muhammad Yusuf she’riyatining faqatgina badiiy jihatdan emas, balki ma’naviy va ijtimoiy jihatdan ham xalqimizning ongida katta iz qoldirgani, shuningdek, shoirning ijodi, uning she’riyatidagi Vatan madhi, insoniy qadriyatlar va muhabbat kabi mavzularning yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutishini ta’kidlb o‘tdi.

Shoir Muhammad Yusufning o‘zgacha iste’dodi va uning she’riyati orqali xalqimizning ma’naviy olamiga qo‘shgan ulkan hissasini alohida ta’kidladi, uning ijodi insoniyat uchun qadrli bo‘lib, uning so‘zlari xalqimizning yuragiga chuqur kirib borishini, yoshlar uchun ilhom manbai bo‘lishi qayd etildi.

Tadbirning badiiy qismida shoirning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti faollari tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shundan so’ng, iqtidorli talabalar ijrosida Muhammad Yusufning eng sara she’rlaridan namunalar, she’riy asarlaridan parchalar tinglanib, diltortar kuy-qo’shiqlar yangradi. o’zbekiston filarmoniyasi Andijon bo’linmasi honandalari tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar barchani raqsga chorladi.

Skip to content