alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Mehribonlik uyiga tashrif

16:42 20.12.2019

Mana yangi yil bayramiga ham oz fursatlar qolmoqda. Yangi yil bayramini ko’pchilik insonlar oilasi bilan birgalikda sovg’a –salomlar ulashgan holda har yili keng nishonlab keladilar. Garchi bayramga bir qancha vaqt bo’lsada shahar -qishloqlar, mahalla, korxona va tashkilotlarda bayram shukuhi kezib yurmoqda.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining qalbini ham yangi yil bayrami shukuhi bilan boyitish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti  Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari  kafedra mudiri Sh.Yusupova boshchiligida Andijon shahrida joylashgan Mehribonlik uyiga bayramona tashrif uyushtirdilar. Ushbu tadbirda muassasada   tarbiyalanayotgan  40 nafar bolakaylarga bayram sovg’alari ulashildi. Bayramona tabriklar bo’lib o’tdi.

Muassasa tarbiyalanuvchilari ham o’z navbatida minnatdorchiliklari ramzi sifatida kichik teatrlashtirilgan konsert dasturi bilan yig’ilganlar ko’nglini xushnud etdilar. Kelayotgan yangi yil bayrami barcha bolakaylar uchun ajoyib tarzda kirib kelishi tilagan holda tadbir yakunlandi.

A.Usmonov

Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi

assistenti

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!