2019- yil 28- fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Men nechun sevaman, O‘zbekistonni” mavzusida insholar tanlovining 1-bosqichi o‘tkazildi. Tanlov “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019- yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019- yil 29- yanvardagi 78 –sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Tanlov jarayonini institut tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi M.Qo’ziboyeva, davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Karimov, institut psixologi O‘.Arziqulov va “Tibbiyot gulshani” gazetasi mas’ul kotibi D.Sultonovalar kuzatib bordilar.
Tanlovda talabalar faol ishtirok etishib, berilgan mavzuga ijodiy yondashib, o‘zlarining fikrlarini yozma bayon etdilar. Talabalarning ijodiy ishlari tekshirilib, yuqori natijalarga erishgan talabalar ikkinchi bosqich – institut miqyosida o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etadilar.