“Men nechun sevaman O‘zbekistonni” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-  yil 28- fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida  “Men nechun sevaman, O‘zbekistonni”  mavzusida insholar tanlovining  1-bosqichi o‘tkazildi. Tanlov  “O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta  maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019- yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining  2019- yil 29- yanvardagi 78 –sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Tanlov jarayonini  institut tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi  katta o’qituvchisi M.Qo’ziboyeva, davolash fakulteti yoshlar bilan  ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Karimov, institut psixologi O‘.Arziqulov va “Tibbiyot gulshani” gazetasi mas’ul kotibi D.Sultonovalar kuzatib bordilar.

Tanlovda talabalar faol ishtirok etishib, berilgan mavzuga ijodiy yondashib, o‘zlarining fikrlarini yozma bayon etdilar. Talabalarning ijodiy ishlari tekshirilib, yuqori natijalarga erishgan talabalar ikkinchi bosqich –  institut miqyosida o‘tkaziladigan  tanlovda ishtirok etadilar.

401