alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MENDAN NIMA QOLUR, IKKI MISRA SHE’R…”

09:52 19.04.2021

Axborot-resurs markazining ilmiy-o‘quv binosida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Guljamol Asqarova bilan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor M. Botirov hamda yosh shoira Nodirabegim Jamilova ham ishtirok etdilar.

Adabiyot ixlosmandlari Muhammad Yusufning o‘tli misralari, unda oddiy o‘zbek xalqining kechinmalarini sodda va ravon ifoda etilgani, mana shu xalqchil satrlari bilan kitobxon qalbidan joy olishi, bir qator asarlari ohangdorligi sabab qo‘shiq bo‘lib hamon yashayotgani xususida so‘z olib bordilar. Guljamol Asqarova, Mirzohid Botirov o’zlarining qalamlariga mansub she’rlaridan hamda talabalar M. Yusufning she’rlaridan o‘qib berdilar. Tadbir she’rxonlik va savol-javoblarga boy o‘tdi.