alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MILLIY ARMIYAMIZ – YANGI O’ZBEKISTONNING YENGILMAS QALQONI

14:17 14.01.2023

Vatan himoyasi yo’lida xizmat qilish har bir mard o’g’lon uchun ham sharaf, ham muqaddas burchdir. Bu kabi sharfli va katta mas’uliyatli soha vakillarining  jasoratini qancha ta’rif etsak shuncha oz.

Ularning matonati va mardligini tarannum etish maqsadida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 31 yilligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida “Milliy armiyamiz  – Yangi O’zbekistonning yengilmas qalqoni!” nomli bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Institut Xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari hamda faol ayol xodimlar tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, nafaqadagi harbiylar, institut professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov institut rektori M.Madazimovning bayram tabrigini yig’ilganlarga o’qib eshittirdi. Shuningdek, tadbirda so’z olganlar barcha vatan himoyachilarini bugungi bayram bilan tabriklab, yurt xizmati yo’lida mehnat qilishdan aslo charchamasliklarini, ushbu yo’lda omad va zafarlar hamisha yor bo’lishini tiladilar. Faollarga esdalik sovg’alari va tashakkurnomalar taqdim etildi.

Shundan so’ng, tadbir institut xotin-qizlar kengashi faollari, ayol xodimlar, tyutorlar,  ARM xodimalari tomonidan tayyorlangan kuy-qo’shiqlarga ulandi. Talabalar teatr studiyasi a’zolari ijrosidagi spektakl ham yig’ilganlarga yaxshi kayfiyat ulashdi. Tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan qiziqarli savollarga eng tezkor javob berganlar maxsus sovg’alarni qo’lga kiritdilar. Tadbir ko’ratinki ruhda yakunlandi.