
Bugun, 7-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xomatova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduxalimov, institutning profilaktika katta inspektori J.Xo‘jayev, Xotin-qizlar psixologi U.Zokirova, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar yoshlar tarbiyasida o‘zbek milliy qadriyatlarining tutgan o‘rnini oshirish, mustahkamlash hamda buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lgan bebaho qadriyatlarimiz va ularni asrdan asrga o‘tishida har bir avlodning alohida ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z yuritdi.
Institut professor-o’qituvchi, ishchi-xodim hamda talabalar o’rtasida o‘zbek milliy kiyimlarini targ‘ib qilish va kiyinish madaniyatini rivojlantirish maqsadida har juma kuni milliyligimizni tarannum etuvchi do’ppi va liboslarda dars mashg’ulotlari olib borilayotganligi o‘ziga xos an’ana tusini olayotganligi e’tirof etildi.