alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Minnatdorchilik dil so`zlari

11:39 21.02.2020

Andijon davlat tibbiyot institutiti vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekanati vakillari Andijon Davlat Tibbiyot Institutitining talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining yotoqxonada joylashgan tinglovchilari bilan suhbat o`tkazildi. Suhbat davomida otorinolaringologiya tinglovchi kursanti O.Kamolov (Farg`ona viloyati Quvasoy tumani), Ultra tovush tekshiruvi yo`nalishi tinglovchisi Sh.Mamadumarova (Namangan shahri) va boshqalar turar joy sharoitlari yaxshiligi issiq suv, sovuq suv, xonaning issiqligi yetarli darajada ekanligi, yuvinish xonalari, sanuzellar tozlagi qoniqarli ekanligi, xonalar yumshoq, sifatli mebellar bilan jihozlanganligi, ovqatlanish, dam olish xonalari, kutubxonalar hamda wi-fi tizimi mavjudligidan minnatdor bo`ldilar.

Tashkilotchilarga, xususan Andijon davlat tibbiyot institutiti rektori M.M.Madazimovga, vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani X.X.Tursunovga, yotoqxona komendanti M.Jumaboyevaga va boshqa tashkilotchilarga o`zlarining minnatdorchiligini bildirdilar. Yaxshi o`qish va dam olish uchun sharoitlar yetarli darajada tashkil etilganligini, albatta o`zlarining ish joylariga borganida ham yetkazishlarini e’tirof etdilar.

J.Xudayberdiyev

ADTI VMO va QTF dekani o`rinbosari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!