alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Moskva kongressi  taassurotlari

13:30 13.11.2018

         8-10 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida Rossiya rentgenolog va radiologlari jamiyatininig yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tibbiy radiologiya va onkologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi A.Sobirov , Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi yetakchi mutaxassislari F.Mamajonov, H.Ummatov, Andijon viloyati onkologiya dispanseri rentgenologiya bo’limi mudiri  D.Samatovlar ishtirok etdilar.

Kongress  o’z  ishi davomida radiologiya sohasinining eng yetuk namoyandalarini to’pladi.  Jumladan akademik  V.A.Sandrikov ,  professorlar  V.Ye.Sinisin , N.V.Nudnov , I.Ye.Tyurin , A.V.Barsukov , A.V.Zubarev, James Brink, T.William, Thorwarthlar ishtirok etdilar.  Kongress tantanali ochilish marosimni akademik A.D.Kaprin  tabrik so’zi bilan ochdi. Shundan so’ng, ma’ruzalar  seksiyalarga bo’lingan holatda davom ettirildi.

 Kasbiy mahoratni oshirishga qaratilgan mazkur safar Germaniya hamkorlik tashkiloti (GIZ)ni bevosita yordamida amalga oshirildi.

Safar davomida orttirilgan yangi bilim ko’nikmalarni  xalqimiz sog’lig’ini saqlash yo’lida  mutaxasislarimiz keng qo’llashi muqarrardir.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!