alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Moskvadagi “GEOTAR-Media” nashriyoti vakillari Andijon davlat tibbiyot institutiga keldilar

15:26 27.03.2019

2019- yil 27- mart kuni  Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri “GEOTAR- Media” nashriyoti (tibbiy ta’lim uchun eng yirik mahsulot va texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi) kompaniyalar mintaqaviy  direktori Xasxanov Ruslan Magomedovich, savdo-sotiq bo‘yicha menedjer Abdujalilova Zuhra Abdurasulovnalar Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar.
Mehmonlarni institut rektori M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, professor-o‘qituvchilar samimiy kutib oldilar.

Tashrif davomida “GEOTAR- Media” nashriyoti vakillari  bilan  birgalikda xalqaro hamkorlik bo‘limida institutning bugungi faoliyati, xususan, o‘quv-uslubiy ishlar, xorijiy davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlari hamda  tibbiyot markazlari bilan hamkorlik aloqalari – masofaviy ta’lim, onlayn konferensiyalar, o‘quv adabiyotlari va boshqalar xususida  do‘stona va qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.

O‘z o‘rnida “GEOTAR –Media” nashriyoti vakillari  hozirgi kundagi faoliyatlari borasida ma’lumotlar berdilar va o‘z xizmatlarini taklif etdilar. Shuningdek, kelgusida institut bilan o‘zaro hamkorlik qilishdan va ko‘maklashishdan mamnun ekanliklarini izhor qildilar.

So‘ngra  mehmonlar  institut simulyatsion markazida bo‘lishib, bu yerdagi  tibbiy jihozlar va asbob-uskunalar, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar hamda talabalarning amaliyot jarayonlarini kuzatdilar.





Tashrif yakunida mehmonlarga esdalik sovg‘alari  taqdim etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!