alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlidir…”

19:54 10.01.2020

O‘zbek xalqi boy adabiy merosga ega. Yozuvchi va shoirlarimizninng asarlari dunyo adabiyotining xazinasiga aylangan. “O‘zbek romonchiligining asoschisi” deya e’tirof etiladigan Abdulla Qodiriy xalqimizning ardoqli adiblaridan biridir.

Qodiriy hajvga boy asrlari bilan elga tanilgan. Lekani uning “O‘tgan kunlar”  va “Mehrobdan chayon” romanlari alohida qimmatga ega.


Abdulla Qodiriy  tavallud kuni munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida “Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlidir…” mavzusi ostida o‘tkazilgan adabiy-badiiy tadbirda serqirra ijodkorning hayoti va bebaho asrlari xususida juda ko‘p ijobiy fikrlar bildirildi.


Tadbir Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari M.R.Axunova va Z.M.Rahmatova rahbarligida 2-kurs talabalaridan iborat bir guruh adabiyot shaydolari tomonidan tayyorlandi.


Adabiy kechani institut rektori, professor M.M.Madazimov qisqacha kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, Abdulla Qodiriyning asarlari bobolarimiz, momolarimizning beboho xazinasi bo‘lganligi, adibning asarlari juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi.


Adabiy-badiiy tadbir davomida farmatsiya yo‘nalishi 103-guruh talabasi Maftuna Obidjonova A.Qodiriy hayoti va ijodiga oid so‘nggi ma’luotlar bilan xabardor qildi. Shundan so‘ng, Qodiriyning “Millatimga”, “To‘y” kabi turli mavzularidagi she’rlari o‘qildi.

Talabalardan Mirabbos Mirzarahimov, Dilorom Mahmudova, Shoxruxmirzo Muqadamov, Asila Asqarova, Charos Ahmadjonovalar “O‘tgan kunlar”  va “Mehrobdan chayon” romanlari asosida tayyorlagan sahna ko‘rinishlarini tomoshabinlar olqishlar bilan qarshi olishdi.

Tadbir davomida dutorchi qizlar Sarvinoz Xasanova, Gulhayo Abdulazizova, Durdona Qurbonovalarning dilbar kuylari, sho‘x raqslari barchaga o‘zgacha zavq berdi.

Tadbir yakunida institut rektori M.M.Madazimov mazmunli tadbirni tashkil etganliklari uchun talabalarga minnaddorchilik bildirar ekan hamisha ajdodlarimizga munosib bilimli, dono, komil insonlar bo‘lib qolishlarini tiladi.

“Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlidir…” mavzusi ostida o‘tkazilgan adabiy-badiiy tadbir barcha ishtirokchilarni yana bir bor adabiyot, san’atga oshno etdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!