alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“MOZIYGA QAYTIB ISH KO’RMOQ XAYRLIDIR”

17:48 07.04.2021

Institutimizning axborot-resurs markazi talabalarning sevimli maskaniga aylangan. Darsdan soʼng badiiy va ilmiy adabiyotlarni mutolaa qiladilar.

Kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “Moziyga qaytib ish koʼrmoq xayrlidir” shiori ostida tashkillangan tadbir Аbdulla Qodiriyning “Oʼtgan kunlar” romani asosida oʼtkazildi. Barcha xodimlar va talabalar milliy liboslarda jam boʼldilar. Tadbirda viloyat xokimligi kotibiyat mudiri Elyorbek Xolmirzayev, viloyatimizning barcha oliy taʼlim muassasalarining rektorlari qatorida institutimizning rektori M. Madazimov, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor M. Botirov ham ishtirok etdilar.

Dastavval АRMda mavjud kitoblar bilan tanishgan mehmonlar institutimizda talabalarning sifatli bilim olishlari uchun barcha adabiyotlar yetarli ekanligiga guvoh boʼldilar. Shuningdek, elektron kutubxonada ham talabalar uchun elektron kitoblar mavjud.

“Oʼtgan kunlar” asaridagi Kumushbibining Toshkentga kelgani, qaynona va qaynotasi bilan tanishgani АRM xodimlari va talabalar tomonidan sahanalashtirildi. Ularning maromiga yetkazilgan ijro mahoratlari barchani moziyga chorlagandek boʼldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!